instagram story viewer > #hamkorlik

#hamkorlik

Posts
“Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes forumi — agrar sohada innovatsiyalar, hamkorlik va barqaror rivojlanishni ilgari suruvchi muhim xalqaro platforma Tadbirning ikki kunlik tafsilotlari o‘rin olgan rolik e’tiboringizga havola etiladi
#Forum O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 23–24-mart kunlari “Barqaror agroekotizimlar uchun innovatsiyalar, regenerativ qishloq xo‘jaligi va raqamlashtirish” mavzusida “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” xalqaro forumi o‘tkazildi. Forum doirasida iqlimga chidamlilik, oziq-ovqat xavfsizligi va agrar texnologiyalar yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Yevroosiyo agrar universitetlar alyansi tuzildi. Alyans ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, forum davomida Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti hamda Italiyaning nufuzli oliygohlari — Università del Piemonte Orientale (Luca Ragazzoni) va Università degli Studi di Pavia (Giulia Franzoni) vakillari bilan muzokaralar o‘tkazilib, kelgusidagi hamkorlik aloqalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
🔴Xalqaro integratsiya va innovatsiyalar — agrar taraqqiyotning strategik poydevori 🎞Xalqaro forum doirasida olib borilayotgan muloqot va tashabbuslar agrar sohada yangi investitsiyalar, innovatsiyalar va barqaror rivojlanish uchun keng imkoniyatlar ochmoqda.
#No_comment “Barqaror agroekotizimlar uchun innovatsiyalar, regenerativ qishloq xo‘jaligi va raqamlashtirish” mavzusiga bag‘ishlangan “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” xalqaro forumi
Vazir intervyudan qochmadi#uzbekistan #italy #azerbaijan #agro #forum 23–24 mart kunlari Toshkentda “Barqaror agroekotizimlar uchun innovatsiyalar, regenerativ qishloq xo‘jaligi va raqamlashtirish” mavzusiga bag‘ishlangan “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Forum haqida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov muxbirlarga intervyu berdi.
"Uzagrostar xolding" kompaniyasi “Markaziy Osiyo: Unumdorlikdan farovonlik sari. Mintaqaviy muloqot” mavzusidagi xalqaro forumida ishtirok etdi.
“O‘zbekiston 24” telekanali orqali “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” formatidagi “Barqaror agroekotizimlar uchun innovatsiya, regenerativ qishloq xo‘jaligi va raqamlashtirish” mavzusidagi xalqaro forum tafsilotlari jonli efirda yoritilib, unda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov mazkur yo‘nalishlar yuzasidan intervyu berdi.
23–24 марта в Ташкенте (Узбекистан) состоится международный агробизнес-форум на тему «Инновации для устойчивых сельскохозяйственных экосистем, регенеративное сельское хозяйство и цифровизация». Инициаторами проведения мероприятия выступили Министерство сельского хозяйства Узбекистана и Министерство сельского хозяйства Италии. Как сообщает Министерство сельского хозяйства Узбекистана, форум объединит представителей из Италии, стран Центральной Азии и Азербайджана. Площадка позволит обсудить вопросы внедрения инновационных технологий, развития устойчивых сельскохозяйственных экосистем и расширения международного сотрудничества в аграрном секторе. Ожидается, что в форуме примут участие ведущие эксперты, инвесторы и представители агробизнеса. Участники обсудят возможности привлечения инвестиций в сельское хозяйство и перспективы внедрения современных решений. Программой мероприятия также предусмотрено проведение B2B-встреч. Они создадут условия для того, чтобы предприниматели могли напрямую обсудить направления практического сотрудничества, обменяться опытом и рассмотреть возможности реализации совместных проектов. #ashgabattimes #news #keşfet #TheAshgabatTimes #rek
Qishloq xo’jaligi vazirligi kotibiyat mudiri Shamshod Ergashov, Qishloq xo’jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Respublika agroxizmatlar markazi hududiy bo’lim mutaxassislari uchun tashkil qilingan o’quv dasturida “Qishloq xo‘jaligida innovatsion 100 tashabbus” to’plami haqida taqdimot qildi.
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi eng so‘nggi texnologiyalar va innovatsiyalar bir joyda! Bugun Agroword Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasida bo‘ldim. 🚜🌾 Soha mutaxassislari, fermerlar va tadbirkorlar uchun bu shunchaki ko‘rgazma emas, balki yangi hamkorlar va zamonaviy yechimlar maydonidir. Agar siz ham o‘z biznesingizni yangi bosqichga olib chiqmoqchi bo‘lsangiz, albatta kelib ko‘rishingizni tavsiya qilaman! 📍 Joylashuv: O‘zekspomarkaz 🗓 Shoshiling, ko‘rgazma kunlari 25,26,27 - mart kunlari. #Agroword2026 #Uzbekistan #Agriculture #AgroTech #BusinessNetworking
🌴 Agroworld Uzbekistan 2026 – Янги имкониятлар майдони. 🤝 Миллий Иқтисодий ҳамкорлик уюшмаси Agroworld Uzbekistan 2026 кўргазмасида фаол иштирок этди. Ушбу кўргазма агросаноатда янги босқичга қадам қўймоқчи бўлган тадбиркорларга улкан имкониятлар тақдим этилди. 📌Кўргазма жорий йил 25–27 март кунлари бўлиб ўтиши режалаштирилган. Жараёнлар батафсил видеода Манзил: Ўзэкспомарказ, Тошкент 📲 Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг: Facebook | Instagram |Telegram |Vebsayt |YouTube
🌱 Jomboy tumanidagi yirik ko‘rgazmada ishtirok etdik Samarqand viloyati, Jomboy tumanida o‘tkazilgan yirik qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida faol ishtirok etdik. Tadbirda fermerlar, agronomlar va soha mutaxassislari bir joyga jam bo‘lib, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish yo‘lida fikr almashishdi. Ko‘rgazma davomida biz kompaniyamiz mahsulotlari bilan tanishtirib, fermerlarga amaliy tavsiyalar va foydali maslahatlar berdik. Bunday uchrashuvlar bilim almashish va samarali hamkorlik uchun muhim ahamiyatga ega.
back to up