Instagram story viewer> @kun.uz> Post
4 days ago
655
Posted On: October 13th 2026, 03:40 pm
Fermerlarga “jonini sug‘urib olishi”ni aytgan Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripovga hayfsan berildi. Toshkent viloyati hokimi bugun shu haqdagi farmoyishni imzolagan.
 
Hujjatda keltirilishicha, Piskent tumani hokimi davlat xizmatchisining kasb etikasini buzgani qayd etilgan. Shu sababli unga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. Hujjatga asos sifatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining taqdimnomasi, viloyat hokimligi Odob-axloq komissiyasi bayoni keltirilgan.
 
Avvalroq Piskent tumani hokimi yig‘ilishda fermerlarga yerini tortib olishini aytib, bosim qilgandi. Hokim fermerlarga “hazillashmaslikni, o‘ynashmaslikni, yeri narida tursin, jonini sug‘urib olishini” aytgan hamda ularni haqoratlagan.  
 
Shundan so‘ng Fermerlar kengashi Muzaffar Aripovning harakatiga huquqiy baho berishni so‘rab prokuraturaga murojaat kiritganini, Biznes-ombudsman holat nazoratga olinganini ma’lum qilgandi. Piskent tumani hokimligi esa fermerlarning o‘zini aybdor qilib, “yer fermerning xususiy mulki emas”ligini bildirgandi.
Comments (655)
otabekturdalijev4 38 minutes ago

otabekturdalijev4

Хайфсан Бир варак когозда энди

k_k_o_sso 6 hours ago

k_k_o_sso

Угри угри эмас,кулга тушган угри дейилган экан,кайси хоким сукмайди,урадиган хокимлар бору,лекин талаб килган яхши,тартиб булади.

maryam_2026.26 12 hours ago

maryam_2026.26

Bunaqa ko'rmaganini ko'rgani qursinlarga lavozim tushib qolsa qutulib ketadida bosari tusarini bilmay qoladi battar bo'lsin 20 yilga bersin qamoq

solamon8899 12 hours ago

solamon8899

Нега бир дегандан ишдан олишолмайди пора бериб уиирганда епкуйганлар ишдан олишолмайди😂

kamilturdinv 18 hours ago

kamilturdinv

Узиниоклаш учун доим йул очик хокимларга

sadriddin___rahimov 20 hours ago

sadriddin___rahimov

Жуда чурлашиб кетишибти камсамолдан учириша булди Эди.

valizhon551 21 hours ago

valizhon551

Пскент тумани хокимининг сузини оддий фукаро ёки фермер шу хокимнинг узига карата айтса, фукарога кандай жазо кулланилар экан? Оддий хайфсан билан кутулиши, холатдан осоноина чикиб кетиш эмасми?

nematullayevv__o5 a day ago

nematullayevv__o5

Kimbugan taqdirda ham bundey muomila qilishga haqqi yuq inson hayotiga taxdid bu jinoyat Fermerlani yonini oladigan Huquqshonsla yumi Piskentta

nematullayevv__o5 a day ago

nematullayevv__o5

Kamentta hamma hokimmi Y... X.. " Oddiy xalqqa bu darajada muomila qilgan shaxsni yonini olish bu manqurtlik, ustlaringga chiqib... Qilsa ham Hokimini yonini olaverlarin 😂

jamshi_d0698 a day ago

jamshi_d0698

Amaliy chora emasku qogʻozda qoladi u hayfsani

sanjar.7215 a day ago

sanjar.7215

Ишдан хайдаш керак

xurshid89892 a day ago

xurshid89892

Xozir yaloqillar ko'payib ketti mansabli odamni korsa ko'tini yalab o'pib yurishipti

umidbekkhazirov a day ago

umidbekkhazirov

Бу хоким ХУДОми инсони жонини сугириб оларми узингдан эхтиёт бол сангаям чалгу ми болтами ушлаганлар учрамасин

dilshodbek_akhmadzhonov a day ago

dilshodbek_akhmadzhonov

УЗБЕКИСТОН ДАВЛАТ МАНСАБДОРИНИНГ БАРЧАСИ ЖОН ОЛУВЧИ АЗРОИЛЛАР .

Load More

More posts

back to up