instagram story viewer > #YHTM

#YHTM

Posts
Toshkentning megapolislar qatoriga kirish jarayonida, yo‘l harakati tizimi va infratuzilmasining yaxshilanishi, shaharni piyodalar va haydovchilar uchun qulayroq qilish maqsadida yangi tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda, Toshkentda yo‘l harakatini boshqarishda “aqlli tizim” ishga tushirilmoqda, bu tizim svetoforlarning ishlashini real vaqt rejimida avtomatik boshqarib, transport oqimlarini tahlil qiladi. Loyihani amalga oshirayotgan Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) poytaxtning transport infratuzilmasini raqamli transformatsiya qilishda muhim qadamni qo‘ymoqda. Bu yangi tizim, shahardagi chorrahalarni yagona aqlli tarmoqqa birlashtirib, harakat intensivligini maxsus kameralar va sensorlar orqali aniqlaydi. Ma’lumotlar tahlil markaziga uzatiladi va algoritmlar svetoforlarning optimal ish rejimini hisoblaydi. Natijada, svetoforlar avtomatik ravishda yo‘lning joriy yuklanishiga moslashadi, bu esa tirbandlikni kamaytirish va harakatni yanada samarali boshqarishga yordam beradi. #yolinfratuzilmasi #muammo #yolharakati #poytaxtyollari #yolbelgilari #koprikquladi #tezkor #poytaxthokimligi
Toshkentdagi yo‘l harakati boshqaruvi muammodan holi tizimga o‘tishiga va’da berildi Shahar yo‘l harakati boshqaruvini raqamlashtirish maqsadida yangi tizim o‘rnatilmoqda. Bu tizim svetoforlarni real vaqt rejimida boshqarib, transport oqimlarini tahlil qiladi, harakatni samarali boshqaradi. Yangi aqlli tizim orqali, harakat intensivligini aniqlash uchun maxsus kameralar va sensorlar ishlatiladi. Jamoat transportiga ustunlik berilishi rejalashtirilgan, GPS-monitoring orqali avtobuslarning vaqtini qisqartirish uchun yashil chiroqni uzaytirish amalga oshiriladi. #yhtem #toshkent #tashkentcity #tezkor #avtobus #kamera #yth #jamoattransporti #gpsmonitoring #tezkor #poytaxt
Toshkentda yaqin kunlarda Aqlli bekatlar joriy etiladi Gap shundaki Poytaxtimizdagi bekatlar endi oddiy kutish joyi emas balki xavfsiz qulay va zamonaviy hududga aylanadi Har bir bekat 2 ta videokamera orqali doimiy nazoratda bo‘ladi Favqulodda holatlar uchun SOS tugmasi bo‘ladi Imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus qulay joylar yaratiladi Elektron monitorlar avtobuslar harakatini real vaqt rejimida ko‘rsatadi Vending qurilmalari orqali tezkor xarid qilish imkoniyati paydo bo‘ladi Bu o‘zgarishlar Toshkent jamoat transportini yanada xavfsiz qulay va zamonaviy darajaga olib chiqadi Sizningcha aqlli bekatlar qayerlarda birinchi bo‘lib paydo bo‘lishi kerak Fikrlaringizni Kommentariyalarda yozib qoldiring Poytaxtdagi eng dolzarb voqealar va muhokamalarga sabab bo‘layotgan yangiliklarni Toshkentliklar24 kanalida kuzatib boring
🚦 Buxoroda tirbandliklarni kamaytirish va xavfsizlikni oshirish bo‘yicha zamonaviy tizimlar joriy etilmoqda Press-tur davomida OAV vakillari yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish hamda yo‘l harakati xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassislar faoliyati bilan ham tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan ma’lum qilinishicha, viloyatda zamonaviy texnologiyalar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda: foto va videokuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda, yo‘l chiziqlari yangilanmoqda, svetoforlar modernizatsiya qilinmoqda hamda “aqlli” transport tizimi elementlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Asosiy maqsad — tirbandliklarni kamaytirish va harakatlanish qulayligini oshirishdir. Yaqin istiqbolda svetoforlarni masofadan turib boshqarish imkoniyati yaratiladi. Bu orqali transport oqimini real vaqt rejimida tartibga solish, ayrim yo‘nalishlarda esa “yashil to‘lqin” tizimini joriy etish — ya’ni avtomobillarning A nuqtadan B nuqtaga to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlash rejalashtirilgan. Ta’kidlanishicha, yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari allaqachon boshlangan bo‘lib, yaqin orada yo‘l harakati xavfsizligi va qulaylik borasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi. -- 🚦 В Бухаре внедряются современные технологии для повышения безопасности и снижения пробок В ходе пресс-тура представители СМИ также ознакомились с деятельностью сотрудников, отвечающих за развитие дорожной инфраструктуры и безопасность дорожного движения. Специалисты рассказали, что в регионе активно внедряются современные технологии: устанавливаются камеры фото- и видеофиксации, обновляется дорожная разметка, модернизируются светофоры и внедряются элементы «умной» транспортной системы. Особое внимание уделяется созданию условий для снижения заторов и повышения удобства передвижения по городу. В ближайшей перспективе планируется дистанционное управление светофорами, что позволит регулировать транспортные потоки в режиме реального времени. К примеру, на отдельных участках станет возможным выстраивать «зелёную волну» — когда автомобили смогут беспрепятственно проезжать от точки А до точки Б без остановок. @potrebitelbukharaplus
Hozirgi vaqtda maktab avtobuslarimiz Tuproqqal’a tumanidan Hazorasp tumani yo‘nalishida harakatlanmoqda. Avtobuslar yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda, xavfsiz va belgilangan tartibda qatnovni amalga oshirmoqda. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha yo‘l masofasi o‘rtacha bir necha o‘n kilometrni tashkil etadi va odatda avtobuslar taxminan 30–40 daqiqa davomida manzilga yetib boradi. "TO'LQIN FM" maktabi matbuot xizmati Telegram | Instagram center / Instagram Sanoat
⚡️❗️Rasmiy: onlayn rejimda kameralar haydovchilarsiz hujjatni aniqlaydi. Buning uchun ularga 3 yil qamoq jazosi beriladi. Bugundan boshlab, O'zbekistondagi yo'l kameralarida sun'iy intellekt yordamida haydovchilarsiz hujjatni avtomatik aniqlash tizimi ishga tushdi. Tizim haydovchining yuzini tanib, uni huquq egalari ma'lumotlar bazasi bilan solishtiradi. 📌 Jazolar: birinchi qoidabuzarlik — 50 BRV (20,6 million so'm); takroriy — 3 yilgacha qamoq jazosi. Xabarnomani tarqating👇 👉 Pressa.uz - O'zbekiston yangiliklari🇺🇿
Ushbu 3 ta ilovani yuklab oling 😉
O‘zbekistonda pulli yo‘llarda 150 km/soat tezlikda jarimasiz yurishga ruxsat beriladi Gap shundaki Ushbu yo‘llar tekis, keng, yoritilgan va rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lib, Germaniyadagi avtobanlar kabi yuqori sifatda barpo etiladi Eng qiziq tomoni bu yo‘llarda haydovchilarga 150 km/soatgacha tezlikda harakatlanishga ruxsat beriladi va buning uchun jarima bo‘lmaydi Rejalashtirilayotgan yirik yo‘l loyihalari Toshkent — Andijon (314 km) Yangi yo‘l qurilgach, safar vaqti 5–5,5 soatdan 2–2,5 soatgacha qisqaradi Toshkent — Samarqand Yangi magistral tufayli yo‘l taxminan 2–2,5 soat davom etadi Toshkent — Chorvoq (52 km) Qurilishdan keyin manzilga 80 daqiqa o‘rniga atigi 35 daqiqada yetib borish mumkin bo‘ladi. Bu loyihalar nafaqat yo‘lni tezlashtiradi, balki sayohat, savdo va iqtisodiy aloqalarni ham ancha rivojlantirishi kutilmoqda Sizningcha, O‘zbekistonda 150 km/soat tezlikdagi pulli yo‘llar kerakmi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring Shu kabi muxim va dolzarb yangiliklarni Toshkentliklar24 kanalida kuzatib boring
🤔 Imtihonda sizga ham shunday savollar tushganmi? Ko‘pchilik bu yerda xato qiladi, chunki o‘ng qo‘l qoidasini noto‘g‘ri ishlatadi Aslida esa bu vaziyatda u qoida umuman kerak emas. 📹 Buning sababi video ko’rib batafsil bilib olishingiz mumkin. Keyingi videolarimiz nima haqida bo’lsin? Izohlarda yozib qoldiring👇 📞 78-555-66-66
Toshkentda “aqlli” bekatlar o‘rnatish boshlanadi Yo‘l harakatini tashkil etish markazining xabar berishicha, Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini yanada zamonaviy va qulay qilish maqsadida “aqlli” bekatlar o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Ma’lum qilinishicha, innovatsion bekatlarda xavfsizlik va qulaylikka alohida e’tibor qaratiladi. Har bir bekat markazlashgan kuzatuv tizimiga ulangan ikkita videokamera bilan jihozlanadi. Shuningdek, favqulodda holatlar uchun maxsus SOS tugmasi o‘rnatiladi. Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun esa alohida kutish joylari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Yo‘lovchilar uchun tezkor xaridlarni amalga oshirish imkonini beruvchi vending qurilmalari ham joylashtiriladi. Avvalroq Toshkentda avtobus bekatlaridagi barcha savdo nuqtalari olib tashlanishi haqida xabar berilgandi. Xabarni tanishlarga yuboring va kanalimizga obuna bo’ling.
Avtobus bekati bor, ammo unga qulf-zanjir ilingan holatga ko'p duch kelgansiz. Jamoatniki bo'lgan joydan jamoat foydalana olmay, yog'ingarchilik kunlarda do'kon tashqarisida avtobus kutish bir marta bo'lsa ham boshingizdan o'tgan albatta. Va nihoyat bu mavzuga ham e'tibor qaratidi. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, poytaxtdagi jamoat transporti bekatlari endi faqat yo‘lovchilar uchun xizmat qiladi va u yerda tijorat do‘konlari joylashmaydi. Shahar bo‘ylab o‘tkazilgan audit natijalariga ko‘ra, 110 ta bekat hududida tijorat do‘konlari faoliyat yuritgan, shulardan 61 tasi hududga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ega emasligi aniqlangan. Hokimlik qaroriga muvofiq, barcha bekatlar yangilanadi. Ruxsat etilgan hujjatlariga ega tadbirkorlarga boshqa joy ajratish orqali kompensatsiya to‘lanadi. Xabarda ta’kidlashicha, jahondagi amaliyot shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy transport bekatlarida savdo obyektlari bo‘lmasligi, yo‘lovchilar uchun xavfsiz va qulay kutish joylari yaratilishi, shuningdek, inklyuziv muhit ta’minlanishi muhimdir.
Toshkentdan Nurafshongacha tezkor avtobus yo’lagi quriladi Poytaxt va Nurafshon o‘rtasida 30 daqiqalik tezkor avtobus yo‘lagi quriladi. Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 24-martdagi qaroriga muvofiq, “Qo‘yliq” bozoridan Toshkent viloyati Nurafshon shahri markazigacha 23 kilometrlik yangi yo‘l infratuzilmasi quriladi. Yo‘lning 19,2 km qismi qayta quriladi. Yangi tizim ishga tushgach, Toshkent va Nurafshon o‘rtasidagi qatnov vaqti ikki baravar qisqaradi. Yo‘l 30 daqiqada bosib o‘tiladi. Yangi yo‘nalishda harakat tezligi 80–100 km/soatni tashkil etadi. Aholi yashash hududlarida bu ko‘rsatkich 60 km/soat bilan cheklanadi. Loyihaning umumiy qiymati $119,6 mln etib baholangan. Qurilish ishlari 2027–2028-yillarda olib boriladi. To‘liq ishga tushirish 2028-yil oxiriga rejalashtirilgan. Xabarni tanishlarga yuboring va Kapital.uz kanaliga obuna bo’ling.
back to up