Instagram story viewer> @bdtu.uz> Posts
7.2K
followers
7
following
📌Bakalavriat | Magistratura | Doktorantura
📚80 ga yaqin yo'nalishlar
🌐Xalqaro ta'lim dasturlari
📞+998(65) 223 28 83
POSTS STORIES REELS TAGGED
Download All
bdtu da hujjat topshirish jarayonlari taken in Buxoro, Bukhoro, Uzbekistan by @bdtu.uz
333
a year ago
Download
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA 
#Maxsus_reportaj | 03.10.2026 

Yosh olim: ixtirolar va yuksak e'tirof

Buxoro davlat texnika universiteti vakili Abubakir Atoyev yoshlar orasida munosib e’tirofga sazovor bo‘lib, “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

mtrk.uz | (http://instagram.com/uzbekistan24_tvnews)Instagram (https://x.com/uzbekistan24tv?s=11) | Youtube (https://youtube.com/@uzbekistan24tv?si=m-_eAmd7PnUgU6B9) | Facebook (http://facebook.com/share/14p1i7cW3uZ) | Telegram (http://t.me/uzbekistan24_tvnews) | X (twitter) (https://x.com/uzbekistan24tv?s=11) by @bdtu.uz
2
18 hours ago
Download
BDTU VAKILLARI — RESPUBLIKA TANLOVI G‘OLIBLARI!

“Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” respublika tanlovi yakunlariga ko‘ra, 8 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 24 nafar g‘olib aniqlandi. Quvonarlisi, Buxoro davlat texnika universitetining 3 nafar vakili o‘z innovatsion loyihalari bilan g‘oliblar safidan joy oldi.

🥇 Safarova Barchinoy Iskandar qizi — “Apollon AI Drone” loyihasi bilan “Sun’iy intellekt, dasturlash va axborot texnologiyalari” yo‘nalishida 1-o‘rin.
🥈 Orziyev Sardor Samandar o‘g‘li — “Ko‘chat yetishtirish uchun biogumusdan tuvakchalar tayyorlash qurilmasi” loyihasi bilan “Veterinariya va qishloq xo‘jaligi” yo‘nalishida 2-o‘rin.
🥉 Norov Sobirjon Negmurodovich — “Ekologik toza transport konsepsiyasi” loyihasi bilan “Transport va logistika xizmatlari” yo‘nalishida 3-o‘rin.

G‘oliblarni erishgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularning ilmiy izlanishlari va innovatsion g‘oyalari kelgusida ham yangi muvaffaqiyatlarga zamin yaratishiga tilakdoshmiz.

bstu.uz 📱Instagram (https://www.instagram.com/bdtu.uz?igsh=YmJwdXkwemFieGVs)  📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61550830476278&mibextid=ZbWKwL)😎Telegram (http://t.me/bdtu_uz_rasmiy) by @bdtu.uz
4
20 hours ago
Download
🏆 “IT Queens – kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovida BDTU talabalari g‘olib bo‘ldi!

Buxoro davlat universitetida talaba-qizlarning axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va innovatsion ishlanmalarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “IT Queens – kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining Buxoro viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Buxoro davlat texnika universiteti talaba-qizlari ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etdi:
🥇 1-o‘rin — Ruxshona Rustamova
Dasturiy ta’minot yo‘nalishi.
🥇 1-o‘rin — Ruxshona Toshpo‘latova
Kiberxavfsizlik yo‘nalishi.
🥇 1-o‘rin — Marjona Xalilova
Aqlli qurilmalar va IoT yechimlari yo‘nalishi.
G‘oliblar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusi bosqichda muvaffaqiyat tilaymiz! by @bdtu.uz
1
21 hours ago
Download
Xorijiy talabalar taqdirlandi

Buxoro davlat texnika universitetida o‘tkazilgan “O‘zbek tili — qalbim tarjimoni” tanlovida g‘olib bo‘lgan xorijiy talabalar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
G‘oliblarni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

bstu.uz 📱Instagram (https://www.instagram.com/bdtu.uz?igsh=YmJwdXkwemFieGVs)  📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61550830476278&mibextid=ZbWKwL)😎Telegram (http://t.me/bdtu_uz_rasmiy) by @bdtu.uz
1
2 days ago
Download
Buxoro davlat texnika universitetida xorijiy talabalar ishtirokida “O‘zbek tili — qalbim tarjimoni” Olimpiadasining saralash bosqichi o‘tkazildi. Tadbir davomida xorijiy talabalar o‘zbek tilidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etib, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va qiziqishlarini ifoda etdilar.

bstu.uz 📱Instagram (https://www.instagram.com/bdtu.uz?igsh=YmJwdXkwemFieGVs)  📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61550830476278&mibextid=ZbWKwL)😎Telegram (http://t.me/bdtu_uz_rasmiy) by @bdtu.uz
0
2 days ago
Download
🎬Kun videosi: Talabalik lahzalari 😊

Darslar, do‘stlar, unutilmas onlar va yorqin xotiralar... Talabalik — umrning eng go‘zal va betakror davri! 

Talabalik — qalbda mangu qoladigan xotiralar!

bstu.uz 📱Instagram (https://www.instagram.com/bdtu.uz?igsh=YmJwdXkwemFieGVs)  📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61550830476278&mibextid=ZbWKwL)😎Telegram (http://t.me/bdtu_uz_rasmiy) by @bdtu.uz
8
2 days ago
Download
Talabalar “Vatan bo‘ylab sayohat” loyihasi doirasida Ark qo‘rg‘oniga tashrif buyurishdi

Buxoro davlat texnika universiteti Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tyutori Rizayeva Dilnoza 1-boshqich talabalari uchun bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, milliy qadriyatlarimiz va tarixiy merosimizni chuqur o‘rganish, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va faxr tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida “Vatan bo‘ylab sayohat” loyihasi doirasida sayohat tashkil etdi.

Ushbu safar davomida talabalar Buxoro shahrining qadimiy Ark qo‘rg‘oniga tashrif buyurishdi. Dastlab, ular Buxoro amirligi davrida siyosiy, madaniy va ma’muriy markaz bo‘lgan Ark tarixiga oid ma’lumotlar bilan tanishdilar. 

bstu.uz 📱Instagram (https://www.instagram.com/bdtu.uz?igsh=YmJwdXkwemFieGVs)  📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61550830476278&mibextid=ZbWKwL)😎Telegram (http://t.me/bdtu_uz_rasmiy) by @bdtu.uz
13
2 days ago
Download
SPORT — YOSHLARNI BIRLASHTIRUVCHI KUCH!

“5 tashabbus olimpiadasi” doirasida Xizmat ko‘rsatish va raqamlashtirish fakulteti talabalari o‘rtasida mini futbol sport turi bo‘yicha 1-bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

 Musobaqa Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari tomonidan tashkil etilib, unda talabalar o‘zlarining sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi va faol ishtirokini namoyish etdilar.

🔥 Bahslar yuqori kayfiyat, murosasiz kurash va sportga xos sog‘lom raqobat ruhida o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini safarbar qildi.

bstu.uz 📱Instagram (https://www.instagram.com/bdtu.uz?igsh=YmJwdXkwemFieGVs)  📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61550830476278&mibextid=ZbWKwL)😎Telegram (http://t.me/bdtu_uz_rasmiy) by @bdtu.uz
8
2 days ago
Download
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ustozlik — nafaqat bilim berish, balki inson qalbiga ezgulik, ishonch va yuksak maqsadlarni singdirishdek sharafli va mas’uliyatli kasbdir. Bugun erishayotgan har bir yutug‘imiz, bunyod etayotgan kelajagimiz zamirida Sizning fidokorona mehnatingiz, sabr-toqatingiz va zahmatli izlanishlaringiz mujassam.

Universitetimiz taraqqiyoti, ta’lim sifatini oshirish, ilm-fanni rivojlantirish va kelajak bunyodkorlarini tarbiyalash yo‘lidagi mehnatingiz yuksak e’tirofga loyiq. Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, qalb hotirjamligi, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Shogirdlaringizning yutuqlari va kamolotidan doimo faxr va quvonch tuyib yashashingizni tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!

Hurmat bilan,
Buxoro davlat texnika universiteti rektori
Sadoqat Siddiqova by @bdtu.uz
0
3 days ago
Download
29–30-sentabr kunlari Xiva shahrida o‘tkazilgan Parlamentlararo forumdan lavhalar. 📸

bstu.uz 📱Instagram  📱Facebook😎Telegram by @bdtu.uz
4
4 days ago
Download
Parlamentlararo forumning ikkinchi kuni yakunlandi

Bugun, 30-sentabr kuni Parlamentlararo forumning yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublikalar Kengashi Raisi Natalya Kochanova, shuningdek, ikki davlat hukumatlari vakillari ishtirok etdi.

Yalpi majlisda parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Forumda Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.

Tadbir yakunida Buxoro davlat texnika universiteti va Belarus davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti o‘rtasida qo‘shma fakultet tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Ushbu hamkorlik ta’lim, ilm-fan va xalqaro akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

bstu.uz 📱Instagram (https://www.instagram.com/bdtu.uz?igsh=YmJwdXkwemFieGVs)  📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61550830476278&mibextid=ZbWKwL)😎Telegram (http://t.me/bdtu_uz_rasmiy) by @bdtu.uz
2
4 days ago
Download
×

Download all media on this page

Photos Videos
back to up