Instagram story viewer> @fwtashkent> Posts
20.4K
followers
53
following
The official instagram account VFWT
International Fashion Week in Uzbekistan and Central Asia #VFWT
17-18 NOVEMBER | SS’27
POSTS STORIES REELS TAGGED
Toshkent yana moda markaziga aylanadi.

Yangi nomlar. Yangi qarashlar. Markaziy Osiyo va xalqaro moda sahnasining ijodiy ovozlari.

Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer 2027 mavsumida mahalliy va xalqaro dizaynerlar, maxsus taklif etilgan mehmonlar va moda industriyasining vakillarini bir sahnada jamlaydi.

Ikki kunlik moda, ijod va yangi uchrashuvlar.

17-18 noyabr
Uzexpocenter, Toshkent

Visa Fashion Week Tashkent SS27. taken in Tashkent, Uzbekistan by @fwtashkent
7
a month ago
Download
VISA FASHION WEEK TASHKENT
SPRING/SUMMER 2027

17–18 NOVEMBER
UZEXPOCENTRE, TASHKENT

SAVE THE DATE taken in Tashkent, Uzbekistan by @fwtashkent
16
a month ago
Download
SAVE THE DATE

Markaziy Osiyo modasining kelajagi shakllanadigan, yangi nomlar kashf etiladigan va dadil g‘oyalar namoyon bo‘ladigan davr.

Visa Fashion Week Tashkent yangi mavsum sanalarini e’lon qiladi va dizaynerlarni o‘z kolleksiyalarini xalqaro podiumda taqdim etishga taklif etadi. Bu podium iste’dod, kreativlik va moda industriyasini birlashtiradi.

17–18 November 2026
12 designers
Uzexpocenter, Tashkent

Arizalar qabuli ochiq.

Ishtirok etish uchun ariza va brend haqida ma’lumotni quyidagi elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin: mbfwalmaty@gmail.com
—
SAVE THE DATE

Время, когда рождаются новые имена, раскрываются смелые идеи и формируется будущее моды Центральной Азии. 

Visa Fashion Week Tashkent объявляет даты нового сезона и приглашает дизайнеров представить свои коллекции на международном подиуме, объединяющем талант, креативность и индустрию.

17–18 November 2026
12 designers
Uzexpocenter, Tashkent

Прием заявок открыт.

Заявки на участие и информацию о бренде можно отправить на электронную почту: mbfwalmaty@gmail.com by @fwtashkent
6
4 months ago
Download
Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer 2027 doirasidagi maxsus mehmon

Luca Meneghel - moda, san’at va vizual kommunikatsiya yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi italiyalik fotograf va vizual rassom. U Tod’s, Chanel, Roberto Cavalli va AMI Paris kabi xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilib, estetik izlanish va konseptual aniqlikni uyg‘unlashtirgan loyihalarni yaratadi.

Uning ijodiy amaliyoti tana, makon va material o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganib, zamonaviy dunyoda o‘zlik va jismoniy mavjudlik mavzularini vizual til orqali ochib beradi. Luca’ning ishlari Vogue, Numéro va Harper’s Bazaar kabi nashrlarda, shuningdek, zamonaviy fotografiyaga bag‘ishlangan ko‘rgazma va nashrlarda namoyish etilgan.
—
Специальный гость в рамках Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer 2027

Luca Meneghel - фотограф и визуальный художник, работающий на пересечении моды, искусства и коммуникации. Он сотрудничает с международными брендами, среди которых Tod’s, Chanel, Roberto Cavalli и AMI Paris, создавая проекты, в которых эстетические исследования сочетаются с точностью концептуального подхода.

В своей практике Luca исследует взаимосвязь тела, пространства и материала, обращаясь к темам идентичности и физического присутствия в современном контексте. Его работы публиковались в Vogue, Numéro и Harper’s Bazaar, а также были представлены на выставках и в изданиях, посвящённых современной фотографии. taken in Tashkent, Uzbekistan by @fwtashkent
4
3 days ago
Download
Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer 2027 doirasidagi maxsus mehmon

Tina Lončar - Vogue Adria jurnalining Executive Editor va Fashion Features Editor lavozimlarida faoliyat yurituvchi moda jurnalisti. Zagrebda tug‘ilib o‘sgan Tina jurnalistika va muharrirlik sohasida qariyb 15 yillik tajribaga ega. Siyosatshunoslik bo‘yicha akademik bilimi uning moda sanoatiga tahliliy yondashuvini shakllantirgan.

U o‘z maqolalarida jahon modasining yetakchi namoyandalari, yangi iste’dodlar va sanoatdagi o‘zgarishlarni yoritadi. Moda tendensiyalari, submadaniyatlar va barqaror dizaynga bo‘lgan qiziqishi, shuningdek, arxitektura va fotografiyaga bo‘lgan mehr-muhabbati uning ijodiy nigohini boyitadi.
—
Специальный гость в рамках Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer 2027

Tina Lončar - Executive Editor и Fashion Features Editor журнала Vogue Adria. Родившись и выросши в Загребе, Хорватия, она посвятила журналистике и редакторской работе почти 15 лет. Академический бэкграунд в области политологии сформировал её аналитический взгляд на модную индустрию.

В своих материалах Tina исследует актуальные тенденции, субкультуры и развитие устойчивого дизайна, берёт интервью у ключевых фигур мировой моды и открывает новые имена. Её интерес к архитектуре и фотографии дополняет редакторский подход, позволяя ей видеть уникальный стиль и культурную идентичность городов по всему миру и превращать эти наблюдения в выразительные истории. taken in Tashkent, Uzbekistan by @fwtashkent
20
8 days ago
Download
Visa Fashion Week Tashkent’ning rasmiy beauty-hamkori - INGLOT Uzbekistan @inglotuzb

1983-yildan buyon INGLOT makiyaj sohasida innovatsiyalar va professional tajribani o‘zida mujassam etib kelmoqda.

Visa Fashion Week Tashkent doirasida INGLOT Uzbekistan jamoasi modellar uchun go‘zallik obrazlarini yaratib, dizaynerlar kolleksiyalarining konsepsiyasi va estetikasini yanada yorqin namoyon etadi.

INGLOT Uzbekistan × Visa Fashion Week Tashkent
Ilmdan ilhomlangan go‘zallik.
—
Официальный beauty-партнёр Visa Fashion Week Tashkent - INGLOT Uzbekistan @inglotuzb

С 1983 года INGLOT объединяет инновации и профессиональную экспертизу в макияже.

На Visa Fashion Week Tashkent команда INGLOT Uzbekistan создаст beauty-образы моделей, дополняя концепции и эстетику коллекций дизайнеров.

INGLOT Uzbekistan × Visa Fashion Week Tashkent
Красота, вдохновлённая наукой. taken in Tashkent, Uzbekistan by @fwtashkent
1
6 days ago
Download
Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer 2027 doirasidagi maxsus mehmon

Stella Manferdini - moda, madaniyat va san’at chorrahasida faoliyat yurituvchi italiyalik fashion jurnalisti va muharrir. U Hearst Italia’da Contributor, Harper’s Bazaar Italia va Elle Italia nashrlarida Fashion Editor sifatida ishlaydi, shuningdek, mustaqil italyan va xalqaro nashrlar bilan hamkorlik qiladi.

Klassik tadqiqotlar hamda Fashion Communication & Art Direction yo‘nalishida ta’lim olgan Stella modani adabiyot, kino va san’at bilan bog‘liq holda talqin qiladi. Uning matnlarida zamonaviy moda ortidagi insonlar, g‘oyalar va madaniy jarayonlar aks etadi.
—
Специальный гость в рамках Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer 2027

Stella Manferdini - итальянский fashion-журналист и редактор, работающий на пересечении моды, культуры и искусства. Она является Contributor в Hearst Italia, Fashion Editor Harper’s Bazaar Italia и Elle Italia, а также сотрудничает с независимыми итальянскими и международными изданиями.

Получив образование в области классических исследований и Fashion Communication & Art Direction, Stella рассматривает моду через призму литературы, кино и искусства. В своих текстах она исследует людей, идеи и культурные процессы, формирующие современную fashion-индустрию.

В рамках Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer 2027 Stella Manferdini присоединится к международному fashion-сообществу недели в Ташкенте. taken in Tashkent, Uzbekistan by @fwtashkent
2
11 days ago
Download
DIZAYNERLAR BILAN TANISHUV
Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer’27

AVTANDIL - gruziyalik rassom va dizayner Avtandil Tskvitinidze tomonidan asos solingan moda uyi. 2000-yildan buyon brend san’at, moda va individuallik kesishmasida o‘ziga xos tilini shakllantirib kelmoqda.

AVTANDIL DNKsi - dekonstruksiya, kuchli siluetlar, noodatiy proporsiyalar, rang va harakat. Dizayner kiyimni shunchaki libos emas, balki shaxsiyatni ifodalovchi vizual bayonot sifatida ko‘radi. Brend falsafasi esa o‘zligicha qolish, tajriba qilish va an’anaviy go‘zallik chegaralaridan tashqariga chiqish erkinligiga asoslanadi.

Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer’27 doirasida AVTANDIL yangi BUTTERFLY kolleksiyasini taqdim etadi. Kelebek - o‘zgarish, erkinlik va go‘zallikning o‘tkinchi tabiatining ramzi. Kolleksiya bizni bugungi kunni his qilishga, go‘zallikni qadrlashga va o‘z lahzamizni yaratishga chorlaydi.

BUTTERFLY kolleksiyasini 18 noyabr kuni ko‘ramiz.

⸻

ЗНАКОМСТВО С ДИЗАЙНЕРАМИ
Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer’27

AVTANDIL - грузинский fashion house, основанный художником и дизайнером Автандилом Цквитинидзе. С 2000 года бренд формирует собственный язык на пересечении искусства, моды и индивидуальности.

ДНК AVTANDIL - деконструкция, сильные силуэты, неожиданные пропорции, цвет и движение. Дизайнер воспринимает одежду не просто как предмет гардероба, а как визуальное высказывание личности. Философия бренда строится вокруг свободы быть собой, экспериментировать и выходить за пределы привычных представлений о красоте.

В рамках Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer’27 AVTANDIL представит новую коллекцию BUTTERFLY. Бабочка становится символом трансформации, свободы и мимолётности красоты. Коллекция напоминает о простом: жить сегодняшним днём, чувствовать красоту момента и создавать собственную историю.

Коллекцию BUTTERFLY увидим уже 18 ноября. taken in Tashkent, Uzbekistan by @fwtashkent
15
10 days ago
Download
VISA FASHION WEEK TASHKENT SPRING/SUMMER’27 | DILDORA KASIMOVA

DILDORA KASIMOVA BILAN TANISHUV

Bolaligidan an’anaviy o‘zbek matolari va tikuvchilik san’ati muhitida ulg‘aygan Dildora Kasimova o‘z brendini milliy meros va zamonaviy moda o‘rtasidagi muloqot sifatida shakllantirdi. 2006-yildagi ilk podium debyutidan beri dizayner o‘zbek estetikasining boyligini zamonaviy siluetlar orqali talqin qilib keladi.

Brend DNKsi - nafis bichim, Sharqona ornamentlar, qo‘l mehnati va ayollik uyg‘unligi. Zardo‘zlik, suzani, munchoqlar va nozik bezaklar brendning o‘ziga xos tilini yaratadi.

Yangi Spring/Summer’27 kolleksiyasida Dildora Kasimova o‘zbek vizual madaniyatiga shunchaki dekorativ manba sifatida emas, balki mustaqil estetik tizim sifatida qaraydi. Rang, naqsh va bezakning boyligi bu yerda kamaytirilmaydi - aksincha, zamonaviy o‘zbek shikining dadil va to‘laqonli ifodasiga aylanadi.

Kolleksiyani 17 noyabr kuni Visa Fashion Week Tashkent doirasida ko‘ramiz.

⸻

ЗНАКОМСТВО С ДИЗАЙНЕРАМИ VISA FASHION WEEK TASHKENT

DILDORA KASIMOVA

С детства Дильдора Касымова была погружена в мир традиционных узбекских тканей и портновского мастерства. В 2006 году состоялся её первый подиумный дебют, положивший начало пути, в котором национальное наследие становится частью современной моды.

ДНК бренда строится на точном крое, восточном орнаменте, ручной работе и выразительной женственности. Золотое шитьё, сюзане, бисер и сложные декоративные детали формируют узнаваемый язык Dildora Kasimova.

В новой коллекции Spring/Summer’27 узбекская визуальная культура становится не набором декоративных цитат, а самостоятельной эстетической системой. Цвет, орнамент и идея нарядности сохраняют свою интенсивность, превращаясь в современное прочтение узбекского шика - уверенного, насыщенного и не требующего упрощения.

Коллекцию Dildora Kasimova увидим 17 ноября на Visa Fashion Week Tashkent. taken in Tashkent, Uzbekistan by @fwtashkent
16
12 days ago
Download
Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer’27: dizaynerlar bilan tanishuv - Rami Kadi

2011-yilda Bayrutda asos solingan Maison Rami Kadi - livanlik-amerikalik dizayner Rami Kadining haute couture uyi. Uning estetikasi qo‘l mehnati, dadil glamour va innovatsiyalar uyg‘unligiga asoslangan.

Maison’ning DNKsi an’anaviy hunarmandchilikni zamonaviy texnologiyalar bilan birlashtirishda namoyon bo‘ladi. Murakkab qo‘l kashtachiligi, haykaltaroshlikni eslatuvchi siluetlar va noodatiy materiallar bilan bir qatorda digital couture, AI va barqaror innovatsiyalar ham brend tilining bir qismiga aylangan.

Bu falsafa Bataille Dorée kolleksiyasida yangi talqin kasb etadi. FW26/27 kolleksiyasi G‘arb dunyosi hunarmandchiligi va qo‘l mehnati estetikasidan ilhomlanib, an’anaviy texnikalarni zamonaviy couture tiliga olib kiradi. Crochet-inspired kashtachilik, pony hair, kristallar, metall detallar va boy teksturalar 40 ta obrazdan iborat kolleksiyada birlashadi.

17-noyabr kuni Maison Rami Kadining Bataille Dorée kolleksiyasini Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer’27 doirasida ko‘ramiz.
⸻
Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer’27: знакомство с дизайнерами - Rami Kadi

Основанный в Бейруте в 2011 году, Maison Rami Kadi - haute couture дом ливано-американского дизайнера Рами Кади. Его эстетика строится на сочетании ручного мастерства, смелого гламура и инноваций.

ДНК Maison заключается в диалоге между традиционным ремеслом и современными технологиями. Сложная ручная вышивка, скульптурные силуэты и неожиданные материалы соседствуют с digital couture, AI и устойчивыми инновациями.

Эта философия получает новое прочтение в Bataille Dorée. Коллекция FW26/27 обращается к ремесленным традициям Запада, переводя их на язык современной couture. Crochet-inspired вышивка, pony hair, кристаллы, металлические детали и выразительные фактуры объединены в 40 образах.

Уже 17 ноября Maison Rami Kadi представит Bataille Dorée в рамках Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer’27. taken in Tashkent, Uzbekistan by @fwtashkent
3
13 days ago
Download
Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer’27 dizaynerlari bilan tanishing

2021-yilda Samarqandda Amira Khakimova tomonidan asos solingan Ikat by Asmira brendi O‘zbekistonning madaniy merosini zamonaviy moda tili orqali qayta talqin qiladi. Amiraning bolalik xotiralari, tarixchi onasining hikoyalari va buvisi qo‘l mehnati uning estetik qarashlarining asosiga aylangan.

Brend DNKsi an’anaviy ikat, qo‘l kashtasi va murakkab hunarmandchilik texnikalarini zamonaviy siluetlar, dekonstruksiya va noodatiy proporsiyalar bilan birlashtirishga asoslangan. Ikat by Asmira uchun an’ana o‘tmishda qolib ketadigan tushuncha emas, balki yangi shaklda davom etadigan tirik merosdir.

Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer’27 doirasida dizayner What Would People Say? kolleksiyasini taqdim etadi. Kolleksiya jamiyatning ko‘rinmas kutishlari va “Odamlar nima deydi?” degan savol atrofida qurilgan. Ipak, atlas va jatta kostyum junlari hamda texnik matolar bilan kontrast hosil qiladi. Yorqin ranglar, asimmetriya, qatlamlilik, dinamik popuklar va qo‘l mehnati har bir obrazni o‘ziga xos bayonotga aylantiradi.

Kolleksiya 18-noyabr kuni namoyish etiladi.
—
Знакомство с дизайнерами Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer’27

Основанный Амирой Хакимовой в Самарканде в 2021 году, Ikat by Asmira переосмысливает культурное наследие Узбекистана через современный язык моды. Детские воспоминания, истории мамы-историка и ремесло бабушки стали основой эстетики дизайнера.

ДНК бренда - традиционный икат, ручная вышивка и сложное мастерство в диалоге с современными силуэтами, деконструкцией и нестандартными пропорциями. Для Ikat by Asmira традиция - не прошлое, а живое наследие, способное меняться вместе с новым поколением.

В рамках Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer’27 Амира Хакимова представит What Would People Say? - коллекцию о невидимых социальных ожиданиях и свободе оставаться собой. Шёлк, атлас и жатка встречаются с костюмной шерстью и техническими материалами, а насыщенная палитра, асимметрия, многослойность, бахрома и ручная вышивка превращают каждый образ в самостоятельное высказывание.

Коллекцию увидим уже 18 ноября. taken in Tashkent, Uzbekistan by @fwtashkent
9
16 days ago
Download
DIZAYNERLAR BILAN TANISHUV
Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer’27

BOTAI - 22 yoshli dizayner Bota Myrzabek tomonidan Next Designer Award empowered by Visa loyihasidan so‘ng asos solingan eksperimental brend. Temirbek Zhurgenov nomidagi Qozog‘iston Milliy San’at Akademiyasi talabasi Bota tanlov finalida 16 finalchi orasida 3-o‘rinni egalladi. BOTAI - uning ijodiy yo‘lining davomidir.

Brend nomi dizayner ismi bilan birga qozoq dashtining qadimiy madaniy merosini aks ettiruvchi “Botai” tushunchasi bilan uyg‘unlashadi. BOTAI milliy madaniy kodni zamonaviy moda tili orqali qayta talqin qiladi. An’anaviy motivlar, shakllar va materiallar eksperimental siluetlar va mualliflik yechimlari bilan uyg‘unlashadi.

Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer’27 doirasida BOTAI ZHERUIYQ kolleksiyasini taqdim etadi. Kolleksiya Asan Qayg‘ining tinchlik va uyg‘unlik makoni - Zheruiyqni izlash haqidagi afsonasidan ilhomlangan. Bu izlanish insonning o‘z makoni, ichki xotirjamligi va uyg‘unligini topish yo‘lidagi ramziy sayohatiga aylanadi.

ZHERUIYQ kolleksiyasini 17 noyabr kuni ko‘ramiz.

⸻

ЗНАКОМСТВО С ДИЗАЙНЕРАМИ
Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer’27

BOTAI - экспериментальный бренд 22-летнего дизайнера Боты Мырзабек, созданный после участия в Next Designer Award empowered by Visa. Студентка Казахской национальной академии искусств имени Темирбека Жургенова, Бота заняла 3-е место среди 16 финалистов конкурса. BOTAI стал продолжением её творческого пути.

Название бренда соединяет имя дизайнера с образом древнего культурного наследия казахской степи. BOTAI переосмысливает национальный культурный код через современную моду, соединяя традиционные мотивы, формы и материалы с экспериментальными силуэтами и авторскими решениями.

В рамках Visa Fashion Week Tashkent Spring/Summer’27 BOTAI представит ZHERUIYQ - коллекцию, вдохновлённую легендой об Асане Қайғы и его поиске Жерұйық, земли мира и гармонии. Этот путь становится метафорой поиска человеком своего места, внутреннего спокойствия и гармонии с собой.

ZHERUIYQ увидим 17 ноября. taken in Tashkent, Uzbekistan by @fwtashkent
13
17 days ago
Download

Download All

Save the photos and videos currently loaded on this page.

0Photos
0Videos
Ready to download 0 / 0

Keep this tab open until your download is ready.

back to up