Posted On: October 13th 2026, 05:21 am
📌 Yangi ishga moslashish bosqichlari: bu jarayon qancha vaqt oladi va unda jamoaning o‘rni qanday?
Yangi jamoa va ish muhitiga moslashish har kimda turlicha kechadi. Kimdir bir haftadayoq ish ritmiga moslashadi, kimdir esa to‘liq mustaqil ishlashi uchun bir necha oy vaqt talab etadi.
SQB jamoasida biz bir muhim qoidaga amal qilamiz: moslashish — faqat yangi xodimning emas, balki butun jamoaning vazifasi!
Yangi xodim ish jarayonlarini o‘rganayotgan paytda:
🤝 Jamoa uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi;
💡 Ustoz o‘zining amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashadi;
🎯 Rahbar esa unga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatadi.
Yangi ish joyiga tezroq moslashishga nimalar yordam beradi?
• Savol berishdan tortinmaslik va fikr-mulohaza so‘rash;
• Jamoa bilan faol muloqot qilish;
• Ustoz va rahbar tavsiyalaridan foydalanish.
Eng muhimi, hamma narsani birinchi kundanoq bilish shart emasligini unutmang!
👇 Siz-chi, yangi ish joyingizga qancha vaqtda moslashgansiz?
A) 1 haftada
B) 1 oyda
C) 2–3 oyda
D) 3 oydan ko‘proq
📲 Batafsil ma’lumot olish uchun karusel slaydlarini varoqlang va izohlarda o‘z javobingizni yozib qoldiring!