Instagram story viewer> @hrsqb> Posts
14.5K
followers
3
following
SQB — Yutuqlar sari birgalikda 🚀
4000+ xodim, bitta maqsad
🎓 Amaliyot | 💼 Vakansiya | ✨ Jamoa hayoti
Sahifalarimizga obuna bo'ling👇
POSTS STORIES REELS TAGGED
Assalomu alaykum!

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv Raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi - Matbuot kotibi lavozimiga Bozarov Bexzod Ruziyevich tayinlanganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. 🎉

Bexzod Ruziyevich 2005-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini jurnalistika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 🎓

Yangi lavozimda u bankning axborot siyosatini muvofiqlashtirish, jamoatchilikni bank faoliyati haqida tezkor va xolis xabardor qilish, OAV bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda bankning ijobiy imijini mustahkamlashga mas’ul bo‘ladi.

SQB jamoasi Bexzod Ruziyevichni yangi lavozimi bilan tabriklab, faoliyatida muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaydi! ❤️

_

Здравствуйте!

Рады сообщить о назначении Бозарова Бехзода Рузиевича на должность советника Председателя Правления АКБ «Узпромстройбанк» по вопросам информационной политики - пресс-секретаря. 🎉

В 2005 году Бехзод Рузиевич окончил Национальный университет Узбекистана по специальности «Журналистика». 🎓

В новой должности он будет отвечать за координацию информационной политики банка, оперативное и объективное информирование общественности о его деятельности, эффективное взаимодействие со средствами массовой информации, а также укрепление положительного имиджа банка.

Команда SQB поздравляет Бехзода Рузиевича с назначением на новую должность и желает ему успехов в работе и новых профессиональных достижений! ❤️ by @hrsqb
2
a day ago
Download
Har bir katta manzil va muvaffaqiyatli karyera muhim bir savoldan boshlanadi: “Men kim bo’lmoqchiman?”.

Kasbiy yo’lda birinchi qadamni tashlash ko’pincha qiyin kechadi, ammo to’g’ri eshikni tanlasangiz, kelajak yo’li o’zi sizni yuksaklikka yetaklaydi. Sanoat Qurilish Bank jamoasini tanlab, siz ortingizda yillar davomida shakllangan boy tarix va madaniyat, oldingizda esa cheksiz imkoniyatlar turganini his qilasiz.

O’z yo’lingizni biz bilan boshlang va malakali jamoamizning bir qismiga aylaning.

Karyerangiz uchun yangi imkoniyatlar, ochiq vakansiyalar va HR-yangiliklardan doimo xabardor bo’lish uchun sahifamizga obuna bo’ling! by @hrsqb
67
4 days ago
Download
📌 Yangi ishga moslashish bosqichlari: bu jarayon qancha vaqt oladi va unda jamoaning o‘rni qanday?

Yangi jamoa va ish muhitiga moslashish har kimda turlicha kechadi. Kimdir bir haftadayoq ish ritmiga moslashadi, kimdir esa to‘liq mustaqil ishlashi uchun bir necha oy vaqt talab etadi.

SQB jamoasida biz bir muhim qoidaga amal qilamiz: moslashish — faqat yangi xodimning emas, balki butun jamoaning vazifasi!

Yangi xodim ish jarayonlarini o‘rganayotgan paytda:

🤝 Jamoa uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi;
💡 Ustoz o‘zining amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashadi;
🎯 Rahbar esa unga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatadi.

Yangi ish joyiga tezroq moslashishga nimalar yordam beradi?

• Savol berishdan tortinmaslik va fikr-mulohaza so‘rash;
• Jamoa bilan faol muloqot qilish;
• Ustoz va rahbar tavsiyalaridan foydalanish.

Eng muhimi, hamma narsani birinchi kundanoq bilish shart emasligini unutmang!

👇 Siz-chi, yangi ish joyingizga qancha vaqtda moslashgansiz?

A) 1 haftada
B) 1 oyda
C) 2–3 oyda
D) 3 oydan ko‘proq

📲 Batafsil ma’lumot olish uchun karusel slaydlarini varoqlang va izohlarda o‘z javobingizni yozib qoldiring! by @hrsqb
12
5 days ago
Download
O’sha mashhur ofis an’anasi! 🥳
Hamma bir-birining tug’ilgan kuniga pul yig’ganda, pullar yil bo’yi o’zaro aylanib yuraveradi. Ammo eng muhimi — e’tibor va hamkasblar bilan birga ulashiladigan samimiy kulgi! 💙

 Sizning bo’limingizda tug’ilgan kunlar qanday nishonlanadi? Izohlarda yozib qoldiring! ✨ by @hrsqb
70
5 days ago
Download
Tajribali hamkasbingizga yuboring) by @hrsqb
41
7 days ago
Download
🏆 Har bir yuqori natija ortida mas’uliyat, mijozlarga e’tibor va doimiy rivojlanishga intilish turadi. Bugun biz «AVGUST OYINING SOTUV YULDUZLARI» safidan joy olgan hamkasblarimizni g‘urur bilan e’tirof etamiz!

Avgust oyida o‘zining yuqori professionalligi, faoliyati va ajoyib sotuv natijalari bilan ajralib turgan hamkasblarimiz:

⭐️ Rahmonova Sitora Maxmaraimovna — Angren BXM servis menejeri
⭐️ Abdumo‘minov Abdurahmon Erkinovich — Rakat BXM universal servis menejeri
⭐️ Po‘latova Zilola Shavkatovna — Sirdaryo BXO ofis menejeri
⭐️ Akkulov Sardor Zokir o‘g‘li — Toshkent viloyati BXO biznes menejeri
⭐️ Ro‘ziboyev Azizbek Abduraxmon o‘g‘li — Qatortol BXM mijoz menejeri

Sizning mehnatsevarligingiz, mijozlarga bo‘lgan e’tiboringiz va umumiy natijaga qo‘shayotgan hissangiz jamoamiz uchun juda qadrlidir.
Avgust oyidagi yuqori natijalaringiz bilan tabriklaymiz! Yangi marralar, yanada katta yutuqlar va kasbiy rivojlanish yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz! 💙

Bir jamoa. Bir maqsad. Bir natija.

—

🏆 За каждым высоким результатом стоят ответственность, внимание к клиентам и стремление к постоянному развитию. Сегодня мы с гордостью отмечаем коллег, вошедших в число «ЗВЁЗД ПРОДАЖ АВГУСТА»!

Наши коллеги, которые в августе продемонстрировали высокий профессионализм, инициативность и отличные результаты в продажах:

⭐️ Рахмонова Ситора Макмараимовна — сервис-менеджер Ангренского ЦБУ
⭐️ Абдимуминов Абдурахмон Эркинович — универсальный сервис-менеджер Ракятского ЦБУ
⭐️ Пулатова Зилола Шавкатовна — офис-менеджер Сырдарьинского ОБУ
⭐️ Аккулов Сардор Зокир угли — бизнес-менеджер Ташкентского областного ОБУ
⭐️ Рузибоев Азизбек Абдурахмон угли — Менеджер по работе с клиентами Катартальского ЦБУ

Ваш труд, внимание к клиентам и вклад в общий результат команды имеют для нас большую ценность.
Поздравляем с высокими результатами августа! Желаем новых профессиональных достижений, уверенного роста и ещё больших побед! 💙

Одна команда. Одна цель. Один результат. by @hrsqb
3
10 days ago
Download
Jamoa — bizning eng katta kuchimiz 💙

Har bir yutug‘imiz zamirida kimningdir halol mehnati, yuksak mas’uliyati va jamoaga bo‘lgan mustahkam ishonchi yotibdi. Gohida bir og‘iz samimiy dalda, gohida esa yelkama-yelka qilingan harakatlar bizni ulkan marralarga olib chiqadi.

Bizni bog‘lab turuvchi rishta — shunchaki ish emas.
Bu — yagona maqsad, qat'iy ishonch va ahil jamoadir.

Chunki bizning asl kuchimiz — jamoamizda. by @hrsqb
15
12 days ago
Download
Oyning eng yaxshi sotuvchisi bo‘lish nimadan boshlanadi? 🏆✨

SQB Xorazm BXOning ikki ilg‘or xodimi — Iskandar Yusupov va Zarina Artikovalarning tajribasida bu savolga javob juda oddiy:

💼 “Sotuv mahsulot taklif qilishdan emas, avvalo mijozni tushunishdan boshlanadi” — Iskandar.

🤝 “Odamlar bankka faqat xizmat uchun emas, munosabat va e’tibor uchun qaytadi” — Zarina. 

Biri yosh va shijoatli, ikkinchisi esa ko‘p yillik katta tajribaga ega. Ammo ikkisini birlashtirgan narsa — o‘z ishiga sadoqat va mijozga samimiy yondashuv! 

Ularning bir ish kuni va muvaffaqiyat sirlarini reels’da tomosha qiling! 🎬👆 by @hrsqb
10
13 days ago
Download
Bank xodimlarini shokka tushirishning eng oson yo‘li topildi! 😂💸

Har kuni milliardlab to‘lovlarni, minglab o‘tkazmalarni ko‘zini yumib bajaradigan aqlli va tajribali hamkasblarimizni ozgina sinovdan o‘tkazdik. 

Qoida oddiy: iqtisodiy atamalarning harflarini aralashtirib yozdik. Lekin natija... kutilganidan ham qiziq bo‘ldi! 🧠💥

Hisob-kitob, tig‘iz ish va stress orasida 5 daqiqalik mana shunaqa kulgili battl butun jamoaga bir haftalik kayfiyat va energiya berdi! ⚡️

Xo‘sh, suratlarga qarang-chi, siz bu so‘zlarni necha soniyada topgan bo‘lardingiz? by @hrsqb
101
14 days ago
Download
SQB Xorazm — birgalikda katta natijalar sari! 💙

Har bir katta natija ortida ahil jamoa, o‘zaro ishonch va umumiy maqsad sari birgalikdagi harakat turadi.

SQB Xorazm jamoasi ham o‘z faoliyatida birdamlik, mas’uliyat va mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ustuvor vazifa deb biladi.
Bir maqsad, bir jamoa va birgalikdagi harakat — yangi natijalar uchun mustahkam poydevor.

Siz uchun kuchli jamoaning eng muhim jihati nima? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring. by @hrsqb
35
15 days ago
Download
Ish kuningizni yanada yorqinroq qilish — bizning maqsadimiz! ✨ 

Bugun HR jamoamiz xodimlarimizga kutilmagan kichik sovg’alar ulashib, ularga tabassum hadya qildi. Biz ishonamizki, kichik e’tibor har qanday vazifani yanada ilhom bilan bajarishga undaydi. Chunki xodimlarimizning kayfiyati — bizning yutug’imiz! 💙 by @hrsqb
31
15 days ago
Download
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo’lsin! 💐

Ustozlar nafaqat ta’lim dargohlarida, balki butun hayotimiz va kasbiy faoliyatimiz davomida bizga to’g’ri yo’l ko’rsatadigan qadrli insonlardir. Ularning bergan bilimi, ishonchi va qimmatli maslahatlari doim o’sishimizga yordam beradi.

Bugun ushbu ayyom munosabati bilan SQB jamoasi nomidan yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarni chin dildan qutlaymiz!

Karuseldagi suratlarda esa SQB tizimida ko’p yillardan buyon halol mehnat qilib, yosh xodimlarga o’z boy tajribasini ulashib kelayotgan faxriy ustozlarimiz aks etgan. Sizlar kabi tajribali murabbiylar bor ekan, yosh mutaxassislarimiz doim ishonchli qo’llarda.

Barcha ustozlarimizga sihat-salomatlik, bitmas-tuganmas g’ayrat va oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Bayramingiz bilan! 🎉 by @hrsqb
28
16 days ago
Download

Download All

Save the photos and videos currently loaded on this page.

0Photos
0Videos
Ready to download 0 / 0

Keep this tab open until your download is ready.

back to up